logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barsa» Arauxo «Liverpul»ga ketgach, Romero transferiga e'tibor qaratishi mumkin

 8 AVGUST, 2026, 10:24

«Tottenxem»ning markaziy himoyachisi Kristian Romero «Barselona»ning transfer nishoniga aylanishi mumkin.

Kataloniya klubi «shporalar» sardorini anchadan beri kuzatib keladi, biroq uning nomzodi ustuvor hisoblanmas edi. Endilikda vaziyat o'zgarishi mumkin, chunki «ko'k-anorranglilar» Ronald Arauxoni qo'yib yuborishga rozi bo'lishdi – uni «Liverpul» ijaraga olmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Barsa»da Romeroni o'z tomoniga og'dirib olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Madridning «Atletiko» klubi argentinalikning transferi ustida faol ishlamoqda, ammo u bilan hozircha kelishuvga erishilgani yo'q.

«Barselona» Arauxo bilan xayrlashgach, yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtiryaptimi-yo'qmi, hozircha aniq emas. Vaziyat yaqin orada oydinlashishi kerak.

Mish-mishlarga ko'ra, Kristian Romeroning o'zi ham Xans-Diter Flik jamoasiga o'tishni istaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ