logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Atletiko» Romeroni tezroq sotib olishga shoshilmoqda

 8 AVGUST, 2026, 10:06

Madridning «Atletiko» klubi «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero transferini imkon qadar tezroq hal qilishga intilmoqda.

«Matraschilar» yaqin orada — uning vatandoshlari Tyago Almada va Nauel Molina klubni batamom tark etgach, 28 yoshli argentinalik bo'yicha yangi taklif bilan chiqishadi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, madridliklar «shporalar» sardori uchun taxminan 40 million evro taklif qilishadi — «Tottenxem» ham taxminan shuncha so'ramoqda.

Kristian Romero uchun kechadigan poygaga «Barselona» va «Arsenal» ham qo'shilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, shu sababli «Atletiko» transfer maqsadini boy berish xavfini orttirmaslik uchun bitimni eng qisqa muddatda rasmiylashtirmoqchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ