Yosh og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatidagi ilk medalni qo'lga kiritishdi
8 AVGUST, 2026, 10:00
Poytaxtimizda start olgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega bo'ldi.Mazkur medalni o'smirlar toifasida ishtirok etgan Soliha Bahodirova keltirdi.
-45 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast ko'tarish mashqida 64 kg bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Manba: olamsport.com
