Romero Alvaresdan maslahat so'radi
8 AVGUST, 2026, 09:54
«Tottenxem»ning markaziy himoyachisi Kristian Romero Madridning «Atletiko» klubidan tushgan taklifni o'ylab ko'rmoqda.
«Matraschilar» «shporlar» bilan muzokaralar olib bormoqda va argentinalik futbolchining o'zini ko'ndirishga harakat qilmoqda, biroq u hali rozilik bergani yo'q. Jurnalist Fernando Chisning xabar berishicha, markaziy himoyachi 2024 yildan beri «Atletiko»da o'ynab kelayotgan terma jamoadagi jamoadoshi Xulian Alvaresdan maslahat so'ragan. Hujumchi klub haqida ma'lumot bergan, ammo kelayotgan mavsumda Diego Simeone jamoasida o'ynash niyati yo'qligini shama qilgan.
Alvaresning maqsadi – «Barselona»ga o'tishga erishish. Dushanba kuni futbolchi yana bir bor Diego Simeone va klub rahbariyatiga murojaat qilib, uni Kataloniyaga qo'yib yuborishlarini so'raydi.
Romeroning «Atletiko»ga transfer narxi 40 million evroni tashkil etishi mumkin.
