«Liverpul» Arauxoni ijaraga olmoqda va uning 12 millionlik maoshini to'liq to'laydi
8 AVGUST, 2026, 09:48
«Barselona»ning markaziy himoyachisi Ronald Arauxo tez orada «Liverpul» safiga borib qo'shiladi.
27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha klublar o'rtasida kelishuvga erishildi. Cadena SER xabariga ko'ra, «qizillar» urugvaylik futbolchining butun maoshini to'liq hajmda to'lab berishadi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Ronald Arauxo «Barselona» bilan amaldagi shartnomasiga ko'ra yiliga 12 million evrodan ortiq maosh oladi. Ijara shartnomasiga sotib olish huquqi ham kiritiladi va «Liverpul» uni o'z xohishiga ko'ra faollashtirishi mumkin. Markaziy himoyachining amaldagi bozor qiymati Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.
