logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» 18 yoshli Ayyub Buaddi transferi bo'yicha «Lill» bilan kelishuvga erishdi — Ornshteyn

 8 AVGUST, 2026, 09:00

«Manchester Siti» Frantsiyaning «Lill» klubi bilan Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi, 18 yoshli Ayyub Buaddining transferi bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi.

Insayder Devid Ornshteynning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, klublar futbolchining transferi bo'yicha 129 million evro miqdorida kelishib olgan. Yana 6 million evro bonuslar sifatida shartnomaga kiritiladi.

Manbaga ko'ra, Buaddining o'zi ham «Manchester Siti»ga o'tishdan manfaatdor va transfer jarayoni yakuniy bosqichga kirgan. Avvalroq futbolchi bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.

O'tgan mavsumda Buaddi klub miqyosida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ