logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Infantinoning yana bir mojaroli qarori fosh etildi

 8 AVGUST, 2026, 08:48

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) rahbarlik qilgan davrida sobiq mahbubasiga kompensatsiya to'lanishini ta'minlagan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ayol UEFA ma'muriy apparatida ishlagan. Infantino bilan munosabatlari boshlanganidan so'ng u rahbarlik lavozimiga ko'tarilgan va maoshi 30 foizga oshib, 160 ming Shveytsariya frankiga etgan.

UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Infantinoning ushbu xodima bilan taxmin qilingan munosabatlaridan noroziligini bildirgan. Natijada ayolning tashkilotdagi faoliyatini tugatish va unga kompensatsiya to'lashga qaror qilingan.

Infantinoning sobiq hamkasblari ta'kidlashicha, to'langan kompensatsiya miqdori «kamida olti xonali summa»ni tashkil etgan.

Bundan tashqari, UEFA ayolning yillik qiymati 45 ming funt sterling bo'lgan MBA dasturida tahsil olish xarajatlarini ham qoplagan.

UEFA mazkur to'lov amalga oshirilganini tasdiqladi va tashkilot Infantino bilan ushbu xodima o'rtasida romantik munosabatlar bo'lgani haqidagi mish-mishlardan xabardor bo'lganini bildirdi. Federatsiyada ichki qoidalar zamonaviy va nufuzli tashkilot standartlariga moslashtirish maqsadida «kuchaytirilgani»ni ta'kidlashdi.

Janni Infantino UEFAda 2000 yil avgustidan faoliyat yuritgan. U 2009–2016 yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yil fevral oyida esa FIFA prezidenti etib saylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ