logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Osimxen 9-raqamdan voz kechdi va 45-raqam ostida o'ynashni davom ettiradi

 8 AVGUST, 2026, 04:00

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen o'z klubi «Galatasaroy»da 9-raqamni olishdan voz kechdi. U hozirgi 45-raqamida qolishni afzal ko'rdi. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar bermoqda.

Gap shundaki, 45-raqam Osimxen uchun alohida ahamiyatga ega — u 2018/2019 yilgi mavsumda Belgiyaning «Sharlerua» klubida shu raqam ostida to'p surgan va aynan o'shanda ilk bor o'zini ko'rsatib, tez orada Italiyaning «Napoli» klubi bilan shartnoma imzolagan edi. U erda u to'rt yil o'tkazdi va 2024 yilda A Seriyani tark etib, Turkiya Superligasiga o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Turkiya chempionatining yangi mavsumi bir haftadan so'ng — 14 avgust kuni boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ