logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino «Real» futbolchilari uchun yangi qoidalar joriy etdi

 8 AVGUST, 2026, 03:54

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino Madrid klubida yangi qoidalarni yo'lga qo'ydi.

AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o'yinchilarning kun tartibi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Xususan, endilikda nonushta va boshqa ovqatlanish taomnomasini to'liq dietolog belgilaydi, vaholanki, ilgari futbolchilarda ovqat tanlashda ko'proq erkinlik bor edi. Bundan tashqari, Mourino jamoa va murabbiylar shtabining birgalikda tushlik qilish tartibini joriy etdi.

Intizomga bo'lgan talablar ham o'zgardi. Madrid jamoasi o'yinchilari mashg'ulotlar boshlanishidan bir soat oldin bazaga etib kelishlari shart. Kechikib kelganlarni jamoadan alohida tarzda sport zalida individual mashg'ulotlar kutmoqda. Shu bilan birga, pul jarimalari solinmaydi. Bu qoida mavqeidan qat'i nazar, barcha futbolchilarga tatbiq etiladi.

Shuningdek, Mourino jarohatlardan keyingi tiklanish jarayoni ustidan nazoratni ham kuchaytirdi. Jarohat olgan o'yinchilar ertalab va kechqurun klub bazasida reabilitatsiyadan o'tishlari shart, bazadan tashqarida davolanishga yo'l qo'yilmaydi. Manbaga ko'ra, yangi talablar jamoa ichida hech qanday norozilik keltirib chiqarmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ