«Arsenal» «PSJ» futbolchisi uchun «Liverpul» bilan raqobatlashadi
8 AVGUST, 2026, 03:48
Londonning «Arsenal» klubi «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkola uchun kurashga qo'shildi.
23 yoshli futbolchi uchun kurashda «Liverpul» favorit bo'lib turibdi va ular frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Shunga qaramay, The Sun nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, «kanonirlar» o'yinchi uchun kurashda mersisaydliklarga raqobat tug'dirishga tayyor.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Bredli Barkolaning qiymati 90 million evroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, «PSJ» bundan ancha ko'p — 150 million evro atrofida so'ramoqda. Bunday talabni potentsial xaridorlardan birortasi qondira olishi dargumon.
