Ispaniya Superkubogi-2027 Mayami yoki Istanbulda o'tkazilishi mumkin.
8 AVGUST, 2026, 03:36
Ispaniya Superkubogi-2027 o'tkazilishi mumkin bo'lgan bir nechta manzillar nomi ma'lum qilindi.
Turnir kelasi yilning fevral oyida bo'lib o'tadi. Unda Ispaniya chempioni «Barselona», mamlakat Kubogi sohibi «Real Sosedad», La Liga vitse-chempioni «Real» va Kubok finalchisi «Atletiko» ishtirok etadi.
As nashri xabariga ko'ra, musobaqani o'tkazish uchun eng ehtimoliy joy sifatida Mayami ko'rilmoqda. Favoritlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni Istanbul, uchinchi o'rinni esa Qatar egallab turibdi. Superkubok o'yinlari qaerda bo'lib o'tishi bo'yicha qaror kelasi payshanba kuni qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, so'nggi yillarda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan edi, ammo 2027 yilning qishida u erda Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi, shu sababli Ispaniya Superkubogi ushbu mamlakatda o'tkazilmaydi.
«Barselona» ushbu sovrinni 16 marta, «Real» 13 marta, «Atletiko» 2 marta, «Real Sosedad» esa 1 marta qo'lga kiritgan.
