«Milan» Bennaser bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e'lon qildi
8 AVGUST, 2026, 03:12
Yarim himoyachi Ismael Bennaser «Milan»ni tark etdi. Goal portali xabariga ko'ra, 27 yoshli aljirlik futbolchi bilan shartnoma tomonlarning o'zaro roziligi bilan bekor qilingan.
Bennaser 2019 yilning yozida «Empoli»dan 16 million evro evaziga «Milan»ga o'tgan edi. Milanliklar tarkibidagi faoliyati davomida u Italiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi. Oxirgi ikki mavsumni yarim himoyachi ijarada o'tkazib, «Marsel» va Zagrebning «Dinamo» klublarida to'p surdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Bennaserning keyingi klubi Qatarning «Al-G'arafa» jamoasi bo'ladi. Bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadigan futbolchi ushbu yozgi transfer oynasidayoq yangi jamoaga qo'shilishi kutilmoqda.
