«Barselona» Kasado uchun 40 mln evrogacha olmoqchi
7 AVGUST, 2026, 21:06
«Barselona» va «Al-Hilol» yarim himoyachi Mark Kasadoning transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Saudiya klubining birinchi taklifini allaqachon rad etishgan va 22 yoshli xavbek uchun 30 million evrodan ortiq mablag' talab qilishmoqda. Shu bilan birga, «Barselona» 40 million evroga yaqin summani qo'lga kiritishdan umidvor.
«Al-Hilol» hozircha bunday talablarni qondirishga tayyor emas, biroq Saudiya klubining Kasadoning o'zi bilan olib borayotgan muzokaralari ilg'or bosqichda turibdi.
