Veri Italiya terma jamoasi yangiliklariga munosabat bildirdi
7 AVGUST, 2026, 20:18
Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristian Veri terma jamoa rahbariyatidagi o'zgarishlar haqida o'z fikrini bildirdi.
«Men bu mavzudagi mish-mishlarni avj oldirmoqchi emasman va qisqa aytaman. Manchini — buyuk murabbiy. Tamom. Raneri? U «Roma»da ajoyib ish olib bordi va o'yinchilarni qanday boshqarishni biladi. Bu ham ajoyib tanlov. Ammo boshqa hech narsa demayman, terma jamoa haqida gap ketganda jim bo'lgan afzalroq», — dedi Verining so'zlarini keltirgan pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'z faoliyatini 2009 yilda yakunlagan edi.
