logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Bavariya» APL klublari talashayotgan futbolchisi uchun 25 mln evro talab qilmoqda

 7 AVGUST, 2026, 20:00

Myunxenning «Bavariya» klubi shu yozda portugaliyalik 31 yoshli yarim himoyachi Juan Palinyani sotishga tayyor, chunki bosh murabbiy Vensan Kompani uni o'z rejalariga kiritmagan.

«Aston Villa» Portugaliya terma jamoasi a'zosiga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda va ikki klub o'rtasida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng muzokaralar o'tkazishi mumkin. Shunga qaramay, ESPN va weltfussball.de xabarlariga ko'ra, «Nyukasl Yunayted» ham Palinya uchun kurashga qo'shilgan.

«Bavariya» futbolchi uchun kamida 20–25 million evro atrofida transfer summasi talab qilmoqda. Har ikki Angliya klubi ushbu summani to'lashga qodir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, Portugaliyaning «Benfika» klubi APL jamoalari bilan muzokaralar barbod bo'lishidan umidvor. Jornal de Noticias va O Jogo nashrlariga ko'ra, «Bavariya» transfer summasini pasaytirsa yoki majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga rozi bo'lsa, «Benfika» darhol futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Futbolchining o'zi Myunxen klubi tomonidan qo'yilgan yuqori narx sababli Portugaliyaga qaytish imkoniyati xavf ostida qolayotganidan norozi. Agar mos keladigan transfer varianti topilmasa, Palinya Myunxenda qolishi ham mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ