logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

“Al Ittihod” uch mavsumdan so'ng Fabino bilan xayrlashdi

 7 AVGUST, 2026, 18:48

“Al Ittihod” 2023 yilning yozidan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Fabinoning jamoadan ketganini rasman elon qildi.

“U yulduz sifatida kelib, kamtarligini saqlab qoldi, jamoani ishonch bilan oldinga boshlab bordi va klubni chin dildan sevib qolgan inson sifatida ketdi”, – deyiladi “Al Ittihod” murojaatida.

Jidda klubi braziliyalik futbolchining mehnatga bo'lgan munosabati va jamoadoshlariga ko'rsatgan tasirini alohida etirof etdi. Yarim himoyachi maydonda va undan tashqarida professionallik namunasi deb ataldi. Klub, shuningdek, Fabino jamoaning buyuk g'alabalari davrida sardorlik bog'ichini taqib tushganini eslatib o'tdi.

O'z navbatida, braziliyalik futbolchi muxlislarga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi va jamoa sharafini faxr bilan himoya qilganini takidladi.

Fabino Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida “Liverpul”dan o'tgandi. U 2024/25 yilgi mavsumda jamoa bilan birga Saudiya Arabistoni chempionati va Qirol Kubogini qo'lga kiritdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ