«Manchester Siti» «Barselona»ning 50 million evrolik taklifini rad etdi
7 AVGUST, 2026, 18:30
«Barselona» va «Manchester Siti» klublari yarim himoyachi Rodrining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, hozirda tomonlar o'rtasida bevosita muloqot olib borilmoqda, biroq rasmiy takliflar bosqichiga hali o'tilmagan.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» Kataloniya klubi tomonidan og'zaki bildirilgan 50 million evroga yaqin taklifni qabul qilmagan. «Barselona» esa ingliz klubidan rozilik olish maqsadida yangi va yaxshiroq taklif ustida ish boshlagan.
Futbolchining o'zi faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirishni istamoqda.
