«Manchester Siti» Reyndersni sotish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
7 AVGUST, 2026, 16:36
«Manchester Siti»ning 28 yoshli markaziy yarim himoyachisi Tidjani Reynders faoliyatini «Nottingem Forest»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi «o'rmonchilar»ning maydon markazini kuchaytirish bo'yicha asosiy transfer nishoni hisoblanadi. «Manchester Siti» 70 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.
«Shaharliklar» Reyndersni o'tgan yozda «Milan»dan 55 million evro evaziga sotib olgan edi. Angliya grandi tarkibida xavbek barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
