logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» «PSJ» hujumchisi Bredli Barkola transferi bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi

 7 AVGUST, 2026, 16:30

«Liverpul» «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Bredli Barkolani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha so'nggi to'siqlarni engib o'tmoqda. Tomonlar o'rtasida printsipial kelishuvga erishib bo'lindi.

23 yoshli Frantsiya terma jamoasi a'zosi mersisaydliklarning transfer ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarildi. Klublar o'rtasida bonuslarni qo'shganida taxminan 128 million evrolik transfer summasi kelishib olingani aytilmoqda. Barkolaning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana 2 yil bor va u parijliklar bilan bitimni uzaytirmoqchi emas.

Futbolchining o'zi «Enfild»ga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda. U o'tgan mavsumda Luis Enrike qo'l ostida asosiy tarkibdagi raqobat kuchayganidan so'ng, «Liverpul»da muhimroq rol o'ynashni maqsad qilgan. Shuningdek, «PSJ»ning Magnes Akliushni sotib olgani Barkolani qo'yib yuborish qarorini engillashtirdi.

Barkolya 2025/26 yilgi mavsumda Liga 1 doirasida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga erishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ