logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Borussiya Dortmund»ning hujumchi xaridi bo'yicha to'rtinchi taklifi ham rad etildi

 7 AVGUST, 2026, 16:18

Dortmundning «Borussiya» klubi «Kyoln»ning 19 yoshli iqtidorli hujumchisi Said El-Malani o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Ammo Bild nashri xabariga ko'ra, ushbu transfer barbod bo'lish xavfi ostida qolgan.

«Kyoln» rahbariyati Dortmund klubining El-Mala uchun bergan bonuslar bilan birgalikda 45 million evroga teng bo'lgan to'rtinchi taklifini ham rad etdi. Bu taklif ham Bundesliga klubining talablarini qondira olmadi.

«Kyoln» dastlab yosh futbolchi uchun 40 million evro kafolatlangan to'lov va umumiy hisobda 50 million evro so'ragan edi. Manbaning ta'kidlashicha, sport direktori Tomas Kessler va klub boshqaruvi muzokaralarni vaqtincha to'xtatishga qaror qilgan.

«Borussiya» faqat 50 million evrodan sezilarli darajada yuqori taklif bilan chiqsagina muzokaralarga qaytishi mumkin. Shunga qaramay, Dortmund klubi o'yinchiga bo'lgan qiziqishini yo'qotmagan va navbatdagi taklifni tayyorlamoqda.

El-Malaning o'zi «Borussiya»ga o'tishni va Chempionlar Ligasida to'p surishni istamoqda, biroq transfer amalga oshmay qolsa ham «Kyoln»da qolishga e'tiroz bildirmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ