Ugandalik futbolchi bosqinchilar hujumi oqibatida halok bo'ldi
7 AVGUST, 2026, 16:12
Ugandaning eng ko'p sovrin yutgan klubi — “Villa” sardori Devid Ovori Kampaladagi uyi yaqinida qilingan hujum oqibatida halok bo'ldi. Bu haqda BBC nashri bergan.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, jinoyatchilarning asosiy maqsadi futbolchining mobil telefoni va boshqa shaxsiy buyumlarini tortib olish bo'lgan. 27 yoshli Ovori talonchilarga qarshilik ko'rsatishga uringan va buning oqibatida og'ir yaralangan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, hujumchilar futbolchini tosh bilan urib o'ldirgan va voqea joyidan yashiringan. Hujumdan so'ng Ovori dastlab eng yaqin shifoxonaga etkazilgan, keyinroq esa xususiy tibbiyot muassasasiga o'tkazilgan. Biroq olingan og'ir tan jarohatlari sababli u ertasi kuni olamdan o'tgan.
Uganda futbol federatsiyasi (FUFA) ushbu mudhish voqeaga munosabat bildirib, Ovorini “nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham haqiqiy etakchi” deya ta'rifladi.
Ovori faoliyatining katta qismini o'z vatanida o'tkazgan. Shuningdek, u Shvetsiya va Ispaniyaning quyi divizion klublarida ham to'p surgan. Futbolchi Uganda yoshlar terma jamoasi o'yinlariga jalb qilingan, shuningdek, 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashi doirasida asosiy terma jamoa qaydnomasiga kiritilgan, biroq maydonga tushmagan edi.
