Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Tapia JChdagi terma jamoaga qarshi kampaniya haqida gapirdi
7 AVGUST, 2026, 14:12
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia JCh-2026 vaqtida terma jamoaga qarshi maqsadli kampaniya olib borilganini ma'lum qildi.
Argentina turnirda finalda Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.
«Terma jamoada hammasi yaxshi bo'lishini xohlamaydigan odamlar bordek tuyulishi asabimga tegmoqda. Odamlar ko'chalarga chiqib nishonlashi kimningdir g'ashini keltirayotgandek go'yo. Ular terma jamoaga qarshi til biriktirishdi. Har bir o'yin oldidan qandaydir operatsiya o'tkazilardi.
Ushbu o'yin (Angliyaga qarshi yarim final (2:1) haqida gap bormoqda) oldidan o'zgacha muhit hukm surayotgandi. Ruli menga g'alaba qozonishimizni aytdi. O'yinchilar odamlarning ishonchini oqlamaslikni xohlashmadi. Bu biz yutishimiz shart bo'lgan o'yin edi.
Angliya ustidan qozonilgan g'alaba Qatardagi jahon chempionati finali bilan bir qatorda turadi. Ilgari hech qachon xalq ushbu terma jamoa tufayli bunchalik ko'p quvonch his qilmagan. Etti yil ichida odamlar bu jamoaga chin dildan mehr qo'yishdi», — dedi Tapia.
