logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Urbig «Bavariya»ning yangi mavsum oldidagi asosiy maqsadlarini aytdi

 7 AVGUST, 2026, 14:06

«Bavariya» klubi ayni damda Audi Summer Tour doirasida Osiyoda bo'lib turibdi. Qisqa Tour Talk formatidagi intervyuda jamoa darvozaboni Yonas Urbig tarkibning tayyorgarlik jarayoni va jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

«Biz o'yinimizning asosini tashkil etuvchi tamoyillarni yanada mukammallashtirishni xohlaymiz. Albatta, barcha detallar jamoa ichida qolishi kerak, ammo umid qilamanki, muxlislar buni maydondagi o'yinimizda ko'ra olishadi», — dedi 22 yoshli darvozabon fcbayern.com nashriga.

Urbig, shuningdek, jamoaviy jipslik «Bavariya» yondashuvining markazida qolishini ta'kidlab o'tdi.

«Shuni ayta olamanki, biz birgalikda hujum qilib, birgalikda himoyalanishni istaymiz. Jamoaviy ruh biz uchun juda muhim. Aynan ushbu mentalitet o'tgan mavsumda bizni juda kuchli qilgan edi», — deya qo'shimcha qildi u.

«Bavariya»ning 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy bahsi 22 avgust kuni Frants Bekkenbauer Superkubogi doirasida «Borussiya Dortmund»ga qarshi kechadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ