logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» Alvaresni «ta'qib qilishda» davom etmoqda

 7 AVGUST, 2026, 13:54

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares hali ham «Barselona»ning e'tibor markazida bo'lib turibdi. Bu haqda El Partidazo de COPE xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Alvares «Atletiko» rahbariyatiga «Barselona»ga o'tish istagini bildirib, klublar o'rtasida muzokaralarni boshlash tashabbusi bilan chiqmoqchi. Ta'kidlanishicha, kataloniyaliklar «Manchester Siti»dan Rodri transferi bo'yicha bitimni ham imkon qadar tezroq yopishni xohlashmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 2026 yilgi jahon vitse-chempionini 120 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ