logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Spens «Liverpul»ga o'tmaydi

 7 AVGUST, 2026, 13:24

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Jed Spens «Liverpul» futbolchisiga aylanmaydi.

Avvalroq mersisaydliklarning 25 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo talkSPORT manbalari ushbu ma'lumotni rad etdi. Manbaning xabariga ko'ra, «Liverpul» hozirda tarkibdagi yagona sog'lom o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong bo'lishiga qaramay, Spens transferi bo'yicha ish olib bormayapti.

Shu bilan birga, Spensning o'zi joriy yozgi transfer oynasida «Tottenxem»ni tark etishga tayyorligi ta'kidlanmoqda. Avvalroq uning xizmatlari APL va A Seriyaning bir nechta klublariga, jumladan «Inter» va «Atalanta»ga taklif qilingan edi. «Shporlar» angliyalik himoyachini 41 million evro (taxminan 35 million funt) evaziga qo'yib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ