Canadian Open. Kamilla Rahimova dunyoning uchinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi
7 AVGUST, 2026, 12:00
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 7 mln 433 ming 76 AQSH dollarini tashkil etgan nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Vakilamiz birinchi davrada amerikalik taniqli tennischi Vinus Uilyamsni 6/4, 6/1, 1/32 finalda dunyoning 37-raketkasi, chexiyalik Katerina Sinyakovani 6/7(1), 6/0, 5/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Rahimovaning yurishini dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Jessika Pegula to'xtatib qoldi. Etmish daqiqa davom etgan bahsda Pegula 6/4, 6/0 hisobida zafar quchib, 1/8 finalga yo'l oldi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Manba: olamsport.com
