Asosiy to'rga saralash turniri orqali etib kelgan tennischimiz reytingda o'zidan 530 pog'ona yuqoridagi raqibasini "sochib" tashladi
6 AVGUST, 2026, 15:00
Germaniyaning Leypcig shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ITF W75 toifasiga kiruvchi turnirda nimchorak final ishtirokchilari malum bo'ldi.O'zbekistonning to'rtinchi raketkasi Layma Vladson ushbu musobaqaning saralash bosqich hal qiluvchi uchrashuvida ukrainalik Anastasiya Firmanni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etib, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi.
Etiborlisi, vakilamiz asosiy to'rning 69 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida musobaqaning beshinchi raketkasi, germaniyalik Yoxanna Brokmann ustidan osonlik bilan g'alabaga erishdi - 6/2, 6/1.
Taqqoslash uchun, Vladson ayni paytda WTA reytingida 795, Brokmann 265-o'rinni egallab turibdi. Ayni mana shu daqiqalarda Layma 1/8 finalda estoniyalik Elena Maliginaga qarshi kortga chiqqan. 26 yoshli Maligina dunyoning 317-raketkasi bo'lib turibdi.

Manba: olamsport.com
