logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

So'nggi jangini Toshkentda o'tkazgan qozog'istonlik bokschi WBC kamari uchun ringga chiqadi + POSTER

 6 AVGUST, 2026, 12:32

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik bokschi Meyirim Nursultanov (20-0, 11 KO)ning navbatdagi jangi belgilandi.

U amerikalik Xesus Ramos (24-1, 19 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 19 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati, San-Diego shahridagi Pechanga Arena majmuasida bo'lib o'tadi. Unda Ramosga tegishli bo'lgan WBC yo'nalishi bo'yicha o'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik jahon chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.

Meyirim Nursultanov — Xesus Ramos jangi boks oqshomining markaziy jangidan oldingi asosiy to'qnashuv (co-main event) maqomida o'tkaziladi. Turnir Premier Boxing Champions promouterlik kompaniyasi tomonidan rasman elon qilindi. 

Eslatib o'tamiz, Meyirim Nursultanov so'nggi jangini 2023 yilda Toshkentda o'tkazgan edi. O'shanda u chililik Xulio Alamosni (16-3, 9 KO) mag'lub etgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ