logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kriketchilarimizga zamonaviy sport anjomlari topshirildi + FOTO

 5 AVGUST, 2026, 19:48

Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O'zbekiston kriket federaciyasiga kriket sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish maqsadida 35 ta zamonaviy sport anjomlari va sport kiyimlari to'plami taqdim etildi.

Mazkur tashabbus O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O'zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirildi. Sport jihozlarini Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro-gumanitar tashkilotlar boshqarmasi bo'limi boshlig'i G'ulomjon Primqulov O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixlievga tantanali ravishda topshirdi.


Takidlash joizki, bugungi kunda kriket yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan bo'lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida keng ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi.


Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida sovg'a qilingan ushbu sport anjomlari mamlakatimizda kriketni yanada rivojlantirish, sportchilarning mashg'ulotlarini samarali tashkil etish hamda iqtidorli yosh kriketchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga munosib hissa qo'shishi shubhasiz.







Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ