logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Islam Maxachev Ian Garridan keyingi ehtimoliy raqibini aytdi

 5 AVGUST, 2026, 10:00

34 yoshli UFC chempioni Islam Maxachev 16 avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida irlandiyalik Ian Garriga qarshi jangdan so'ng kimga qarshi oktagonga chiqishni istayotganini malum qildi.

Mazkur turnirning markaziy jangi sifatida o'tadigan bahs oldidan Maxachev UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinda turuvchi braziliyalik Karlos Prates bilan kuch sinashishni xohlashini aytdi. 

"Nutella tort" yaxshi raqib bo'lardi. U juda qiziqarli jangchi. Bu ajoyib jang bo'lardi", — dedi Maxachev MMAJunkie portaliga bergan intervyusida.

Karlos Prates 32 yoshda. U MMAdagi faoliyatini 2012 yilning mart oyida boshlagan. Hozirga qadar u 24 ta g'alabaga erishgan bo'lib, shulardan 22 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. SHuningdek, uning hisobida 7 ta mag'lubiyat ham mavjud.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ