"Xuddi uni kimdir nazorat qilayotgandek". Maxachev Ian Garrini tanqid qildi
4 AVGUST, 2026, 15:00
Islam Maxachev bo'lajak raqibi Ian Garri haqida tanqidiy fikr bildirdi."Uning bir nechta intervyularini ko'rdim. Rostini aytsam, u erda juda yomon ko'rinadi. U ko'proq mashq qilib, kamroq intervyu bergani yaxshi. SHunday taassurot uyg'onadiki, go'yo kimdir uni to'liq boshqarib, “intervyuda mana buni ayt”, deb turgandek.
Intervyularda u ishonchsiz va noaniq ko'rinadi", — dedi Maxachev.
Manba: olamsport.com
