logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Dekabrgacha hali vaqt bor". Neymar faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi

 4 AVGUST, 2026, 12:00

"Santos" hujumchisi Neymar futboldagi professional faoliyatini yakunlash ehtimoli haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman. "Santos" bilan dekabrgacha shartnomam bor, klub uchun qo'limdan kelganini qilmoqchiman. Bundan so'ng o'z variantlarimni ko'rib chiqaman. Qolish, ketish, faoliyatimni yakunlash, o'ynashni davom ettirish... Men bilmayman! Dekabrgacha hali vaqt bor. Kutamiz va ko'ramiz", — deya Neymarning so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2025 yilda jonajon "Santos" klubiga qaytgan edi, uning shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirigacha amal qiladi. 2026 yilda forvard jamoa safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi. "Santos"dan tashqari, Neymar "Barselona", PSJ va "Al Hilol" klublarida ham o'ynashga ulgurgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ