Sindarov hamon Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 peshqadamlar safida
4 AVGUST, 2026, 10:48
AQSHning Sent-Luis shahrida mukofot jamg'armasi 200 000 dollarni tashkil etuvchi, jahonning ko'zga ko'ringan 10 grossmeysteri ishtirokidagi Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichi davom etmoqda.Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni rapid bo'yicha yana uchta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Bu safar ham Javohir mag'lubiyatga uchramadi. U o'tkazilgan uchta partiyada raqiblari bilan durangga imzo chekdi. To'rtinchi turda peshqadam Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston), 5-turda Levon Aronyan (AQSH), 6-turda esa qora donalarda Fabiano Karuana (AQSH) bilan murosaga keldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Ikkinchi kungi bahslardan so'ng hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha peshqadamligini saqlab qoldi. U 9 ochko bilan turnir jadvalida karvonboshiligini davom ettirmoqda. Bir g'alaba va 5 durangga ega Javohir Sindarov 7 ochko bilan sof 2-o'rinni band etgan. Besh nafar grossmeyster hisobida 6 ochkodan bor.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bugun rapid bo'yicha so'nggi 3 ta tur partiyalari o'ynaladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Ettinchi turda Javohir oq donalarda amerikalik Lener Domingesga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, uchrashuvlar rapid va blic yo'nalishlarida tashkil etiladi. Rapidda vaqt nazorati 25+10, blicda esa 5+2 formatida bo'lib o'tadi.

Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).
Manba: olamsport.com
