logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mahmud Muradov UFC'da jang qilishi kerak bo'lgan raqibiga "vyzov" tashladi

 4 AVGUST, 2026, 09:32

Yarim og'ir vazn toifasida CHexiyaning Oktagon MMA Ligasi chempioniga aylangan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mahmud Muradov keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytdi.

Hamyurtimiz 2 avgust tongida CHexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan OKTAGON 92 turnirida irlandiyalik Uill Flyori bilan jang qilib, ikkinchi raundda texnik nokaut orqali g'alaba qozongan holda yarim og'ir vazn toifasida to'laqonli chempionga aylangan edi.

Jang yakunida Mahmud ayni damda o'rta vazn toifasida Oktagon MMA Ligasining amaldagi chempioni, polshalik Kshishtof Yotko bilan jang qilish istagi borligini aytdi. Mahmud ushbu Ligada o'rta vazn toifasida Interim kamariga egalik qiladi.

Aslida, Muradov va Yotko o'rtasidagi bellashuv 2020 yil oktyabr oyida UFC Vegas 12 turniri doirasida o'tkazilishi belgilangan, biroq o'shanda Yotko jarohat olib, jangni tark etgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ