logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

FIFA atrofida mashmasha: Infantino 30 million dollarlik maoshni ko'zlagan

 3 AVGUST, 2026, 14:32

FIFA prezidenti Janni Infantino o'z prezidentlik muddati yakunlangach, "FIFA Forward Enterprise" korxonasi komissari lavozimini egallashni rejalashtirgan.

FIFA Forward Enterprise — bu bir qator turnirlarni, jumladan, JCHni o'tkazish huquqlarini topshirish, shuningdek, ushbu tashkilotdagi ulushni tashqi investorlarga sotish ko'zda tutilgan yangi tuzilma.

Uning bu lavozimdagi asosiy maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 30 million dollarni tashkil etgan bo'lardi.

Bu haqda "The Times" nashri muxbiri Martin Zigler ijtimoiy tarmoqda malum qildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA, OFK va KONKAKAF bo'lajak islohotlarga bir ovozdan boykot elon qilgandi. Ushbu tashkilotga azo mamlakatlar yangiliklar tasdiqlangan taqdirda musobaqalarda ishtirok etmaslik bilan tahdid qilishgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ