Gulruhbegim Toxirjonova "Granada Chess Open 2026" turniri g'olibiga aylandi
3 AVGUST, 2026, 13:48
28 iyul – 2 avgust kunlari Ispaniyaning Granada shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Granada Chess Open 2026" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.Musobaqada dunyoning 48 ta davlatidan 353 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
O'zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro sport ustasi Gulruhbegim Toxirjonova 9 tur yakunlariga ko'ra 6 ochko jamg'arib, ayollar o'rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi va 1-o'rinni egalladi.
SHuningdek, musobaqa davomida xalqaro reytingini 9,1 punktga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: olamsport.com
