Akbar Islomboev LFA 240 turnirida jang qiladi. Raqib aniq (POSTER)
3 AVGUST, 2026, 11:00
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Akbar Islomboevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.Hamyurtimiz 28 avgust kuni AQSHning Tennessi shtati, Klarksvill shahrida tashkil etiladigan LFA 240 turnirida oktagonga chiqadi.
Islomboevga o'sha kuni braziliyalik Elvis Silva raqib bo'ladi.
Jang o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Takidlash lozim, 27 yoshli Akbar Islomboev hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yashar Elvis Silva hisobida esa 15 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.

Manba: olamsport.com
