logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Sindarov Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 peshqadamlar safida

 3 AVGUST, 2026, 10:16

AQSHning Sent-Luis shahrida mukofot jamg'armasi 200 000 dollarni tashkil etuvchi, jahonning ko'zga ko'ringan 10 grossmeysteri ishtirokidagi Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichi boshlandi.

Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham dona surmoqda. Musobaqaning birinchi kuni rapid bo'yicha uchta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Javohir 1-turda oq donalarda niderlandiyalik duranglar qiroli Anish Giri, 2-turda germaniyalik Vinsent Keymer bilan murosaga keldi. Uchinchi turda esa niderland grossmeysteri Yorden van Forest mag'lub etildi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

SHu tariqa, birinchi kungi bahslardan so'ng hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 2 g'alaba va 1 durang evaziga 5 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Bir g'alaba va 2 durangga ega Javohir Sindarov 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni band etgan. AQSH vakili Uesli So hisobida ham 4 ochko bor.    


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun rapid bo'yicha bahslar davom ettiriladi. Partiyalar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. To'rtinchi turda Javohir qora donalarda peshqadam Rameshbabuga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, uchrashuvlar rapid va blic yo'nalishlarida tashkil etiladi. Rapidda vaqt nazorati 25+10, blicda esa 5+2 formatida bo'lib o'tadi. 

Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ