FIFA Klublar o'rtasidagi JChda qatnashmagan jamoalarga va'da qilingan mablag'larni haligacha to'lagani yo'q
3 AVGUST, 2026, 09:18
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmagan jamoalarga ajratilgan 250 million dollar miqdoridagi birdamlik to'lovlarini o'tkazib bermadi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu mablag'lar turnir ishtirokchilari va qolgan klublar o'rtasidagi moliyaviy tafovutni kamaytirish maqsadida musobaqa daromadlarini butun futbol tizimi bo'ylab taqsimlash uchun mo'ljallangan edi. Dastlab har bir oliy divizion klubi 50 ming funt sterling (67,5 ming dollar) olishi rejalashtirilgan edi.
2025 yilgi turnir AQShda 14 iyundan 13 iyulga qadar 32 ta jamoa ishtirokida bo'lib o'tgan edi. Finalda «Pari Sen-Jermen»ni 3:0 hisobida mag'lub etgan «Chelsi» musobaqa g'olibiga aylangan.
