«Napoli» Romelu Lukakuga arzimagan narx belgiladi
3 AVGUST, 2026, 09:12
«Napoli» yozgi transfer oynasida hujumchi Romelu Lukaku bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Neapol klubi 33 yoshli belgiyalik futbolchi bo'yicha 10 million evro miqdoridagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Ilgariroq «Napoli» rahbariyati futbolchining agenti Federiko Pastorello bilan uchrashuv o'tkazgan edi. Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
Bundan tashqari, klub Lukakuga maoshini kamaytirishga rozi bo'lishni taklif qilgan, biroq forvard ushbu variantni rad etgan.
Yuzaga kelgan vaziyat fonida belgiyalik futbolchining shu yozda «Napoli»dan ketish ehtimoli sezilarli darajada ortdi.
O'tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta sariq kartochka oldi. OAVda Lukakuning «Atlanta Yunayted»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
