Jurnalist Lionel Messining milliy terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini ma'lum qildi
3 AVGUST, 2026, 09:06
X ijtimoiy tarmog'ida 100 mingdan ortiq kuzatuvchisiga ega jurnalist Fran Kasarettoning xabar berishicha, «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi hozircha milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Manbaning argentinalik futbolchining atrofidagi insonlardan olgan ma'lumotiga ko'ra, 39 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
«Lionel Messiga yaqin manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, u hozircha xalqaro faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Messi Argentina terma jamoasidagi ishtirokini 2028 yilgi Amerika Kubogidan so'ng yakunlashi kutilmoqda», — deb yozdi Kasaretto X ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi finalda Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egallagan edi.
