Romano «Ayaks» vingerining «PSJ»ga ehtimoliy transferi tafsilotlari va summasini ma'lum qildi
3 AVGUST, 2026, 08:18
«Pari Sen-Jermen» «Ayaks»ning 20 yoshli vingeri Miki Godts bo'yicha amsterdamliklarga rasmiy transfer taklifini yubordi. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, taklif summasi 40 million evrodan oshadi, bonuslarni hisobga olganda kelishuvning umumiy paketi taxminan 45 million evroni tashkil etishi mumkin. Ta'kidlanishicha, amsterdamliklar dastlab futbolchini 60 million evroga baholashgan edi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar jadal sur'atlarda rivojlanayotgani aytilmoqda. Futbolchining o'zi «PSJ»ga o'tishga rozilik berdi va shaxsiy shartnoma shartlarini tasdiqladi.
O'tgan mavsumda Godts «Ayaks»ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Hujumchi Niderlandiya chempionatining 32 ta o'yinida 17 ta gol urdi. Belgiyalik vinger o'tgan mavsumda barcha turnirlarda o'tkazilgan 44 ta uchrashuvda umumiy hisobda 17 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Godtsning «Ayaks» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.
