logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Uilshir «Siti» iqtidori Emilio Lourensning qarorini kutmoqda

 3 AVGUST, 2026, 07:34

Luton Today nashrining xabar berishicha, «Luton Taun» bosh murabbiyi Jek Uilshir klub «Manchester Siti» vingeri Emilio Lourensni yana ijaraga olish bo'yicha «muzokaralar jarayonida» ekanini tasdiqladi.

Uilshir Kenilvort Roudga ikkinchi bor qaytish yangi Birinchi liga mavsumi oldidan 20 yoshli futbolchi uchun ham, «shlyapachilar» uchun ham manfaatli bo'lishiga ishonch bildirmoqda.

Lourens o'tgan mavsumdagi ijara davrida ijobiy taassurot qoldirdi. U 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi (shu jumladan «Luton»ning «Stokport Kaunti»ga qarshi Vertu Trophy finalidagi g'alabasida) va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uilshir Shotlandiya U-21 terma jamoasi a'zosi bilan aloqada bo'lib turganini va uning kelajagi bo'yicha qaror tez orada qabul qilinishini kutayotganini oshkor qildi.

«Menimcha, u qaytsa, bundan o'zi ham naf ko'radi, biz ham uning qaytishidan foyda olishimizni yaxshi bilaman», — dedi Uilshir.

«Luton» bosh murabbiyi Lourensning «Manchester Siti»da mavsumoldi mashg'ulotlarini davom ettirayotgani juda foydali ekanini, ammo klub uni qaytarib olishga umid qilib qolishini ta'kidladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ