logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Liverpul» «Inter»ning harakatlaridan norozi

 3 AVGUST, 2026, 06:42

Jurnalist Ben Djeykobsning talkSPORT orqali xabar berishicha, «Liverpul» «Inter»ning Kurtis Jonsga bo'layotgan qiziqishidan tobora norozi bo'lmoqda, chunki A Seriya klubi haligacha rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Xabarda aytilishicha, «Inter» vositachilar orqali 25 million evro, 32 million evro va eng oxirgisi 35 million evrolik uchta taklif bildirgan, biroq «Liverpul» ularni rasmiy taklif deb hisoblamayapti.

«Liverpul» Jonsni kamida 40 million evroga baholamoqda, ayrim xabarlarga ko'ra esa talab qilinayotgan summa 50 million evroga yaqin. «Qizillar» agar «Inter» yarim himoyachini sotib olishda jiddiy bo'lsa, bevosita muzokaralar olib borishini istamoqda.

Jeykobsning qo'shimcha qilishicha, Jonsning o'zi «Inter»ga o'tish variantiga qarshi emas. Agar Italiya klubi transfer oynasi yopilgunga qadar rasmiy so'rov yuborsa, «Liverpul» futbolchining narxi bo'yicha yon berishga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ