«Yuventus» Joau Mariuni «Fiorentina»ga ijaraga berishga kelishib oldi
3 AVGUST, 2026, 06:36
«Yuventus» portugaliyalik vinger Joau Mariuni «Fiorentina»ga ijaraga berish bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi do'shanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.
Kerim Alaybegovich va Randal Kolo-Muani transferlaridan so'ng, «Yuventus» yangi mavsum oldidan Luchano Spalletti jamoasini qayta shakllantirishda davom etib, asosiy e'tiborni futbolchilarni sotish va ijaraga berishga qaratdi.
«Yuventus»ning Osiyodagi mavsumoldi turnesidan chetda qolgan Joau Mariu, klub rejalaridan o'rin olomagani sababli endi «Fiorentina»ga o'tish arafasida turibdi.
Portugaliyalik vinger o'tgan mavsumda ham Spallettining loyihasiga kiritilmagan edi va mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Bolonya»da o'tkazdi.
Kelishuvga ko'ra, 25 yoshli futbolchi «binafsharanglilar» safiga dastlab ijara asosida borib qo'shiladi, shartnomada 12 million evro evaziga sotib olish optsiyasi ham ko'zda tutilgan.
Agar «Fiorentina» sotib olish bandini faollashtirsa, Joau Mariu klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'yishi kutilmoqda.
