«Chelsi» vingeri uchun 70 million funt narx belgiladi
3 AVGUST, 2026, 06:36
The Sun nashri xabariga ko'ra, «Chelsi» «Manchester Siti» tomonidan ortib borayotgan qiziqish fonida Pedro Netoning transfer narxini 70 million funt sterling qilib belgiladi.
Portugaliya terma jamoasi a'zosi Premer-ligadagi ta'sirli mavsumdan so'ng «Siti»ning hujum chizig'i uchun asosiy nishonlaridan biriga aylandi.
Xabarda aytilishicha, «Siti» ustozi Entso Mareska ilgari «Chelsi»da birga ishlagan Netoni o'z jamoasida ko'rishni shaxsan xohlamoqda.
Shuningdek, «Milan» ham vingerning vaziyatini kuzatib borayotgani aytilmoqda. A Seriya klubi transfer oynasi yopilguniga qadar Rafael Leau jamoani tark etgan taqdirda Netoni uning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmaqda.
O'tgan mavsumda Neto Premer-ligada 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xabar qilinishicha, «Chelsi» transfer oynasi yopilguncha 70 million funtga yaqin taklif tushsa, sotuv variantini ko'rib chiqishga tayyor.
