logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Eldor Adhamov: «Paxtakor»ga qarshi olgan bir ochkomiz — yaxshi natija»

 3 AVGUST, 2026, 05:48

Superliga doirasidagi «Andijon» va «Paxtakor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1. Ushbu o'yindan so'ng andijonliklar posboni Eldor Adhamov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«O'yin qizil kartochkagacha teng kurashlar ostida o'tdi, deb o'ylayman. Ularda ham, bizda ham hujumlar bo'ldi. Lekin biz uchun ijobiy tugadi. Chunki "Paxtakor"ga qarshi safarda yoki uyda bir ochko ham yaxshi natija. Ular chempionlik uchun kurashayotgan, boy tarixga ega jamoa. Biroq o'yin bo'yicha ulardan qolishmadik, kerak bo'lsa "Paxtakor" ham himoyalanishga majbur bo'ldi», — dedi Adhamov.

Shuningdek, darvozabon ikkinchi bo'lim o'rtalaridagi o'sha xavfli epizod va seyv xususida ham to'xtalib o'tdi.

«Raqib futbolchisi to'pni uzoq burchakka tepadi, deb o'ylagandim. Ammo u boshqa tarafga yo'naltirdi, chunki himoyachilarimiz o'sha tomonda edi. Yaxshiki, omad kulib boqdi va xavfli zarbani bartaraf eta oldik. Lekin bu har bir darvozabonning o'z vazifasi deb o'ylayman, bunda ortiqcha hech narsa yo'q», — deya qo'shimcha qildi posbon.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ