logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Xaverts «Arsenal»ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

 3 AVGUST, 2026, 05:42

«Arsenal» hujumchisi Kay Xaverts jamoaning 2026/27 yilgi mavsumdagi ambitsiyalari haqida gapirib berdi.

«Biz barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Aynan shuning uchun bu erdamiz. Biz Premer-ligada g'olib chiqdik, ammo bundan ham ko'prog'iga qodirmiz. Bunga erishish uchun boshqa darajaga chiqishimiz kerak, chunki mavsum kanchalik uzoq davom etishini va barcha turnirlarda oxirigacha etib borish kanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz. Bu yil ushbu vazifani yanada yaxshiroq bajarishni va yana muvaffaqiyat qozonishni istaymiz.

Fikrimcha, biz yanada ilgarilashimiz mumkin va bunga majburmiz. Boshqa jamoalar kuchayayotganini ko'rib turibsiz, shu sababli biz ham o'z saviyamizni yana bir pog'onaga ko'tarishimiz kerak. Menimcha, hammamiz aynan shuning uchun shu erdamiz, aynan shu maqsadda mashg'ulot o'tkazyapmiz», — deya 27 yoshli germaniyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Qatorasiga uch marta ikkinchi o'rinni egallaganidan so'ng, «kanonirlar» 2025/26 yilgi mavsumda so'nggi 22 yil ichidagi ilk Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ