FIFA «Real»ning yirik transferini bloklab qo'yishi mumkin
3 AVGUST, 2026, 05:30
«Real» mahoratli vinger Yan Diomandening «RB Leyptsig»dan transferini tez orada e'lon qiladigandek tuyulgan edi. Biroq kelishuv haqida haligacha rasman ma'lumot berilgani yo'q va AS nashri buning sababini ma'lum qildi.
Manba xabariga ko'ra, 19 yoshli Diomandening sobiq agenti bilan muammosi bor – Maks Gradel futbolchi shartnoma shartlarini buzganini ta'kidlamoqda. «Real» esa bitimni Roc Nation agentligi bilan yakunlagan va futbolchining sobiq agenti bilan bog'liq muammodan xabari bo'lmagan.
Maks Gradel FIFAga shikoyat arizasi topshirgan. Endi tashkilot bir qator qarorlardan birini qabul qilishi mumkin: transferga ruxsat berish, uni keyinga qoldirish yoki hatto butunlay bloklab qo'yish. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
