logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Barselona» pozitsiyasi: Torres sotilmaydi

 3 AVGUST, 2026, 05:30

Hujumchi Ferran Torresning kelajagi muhokamalar markazida qolmoqda. Ayrim manbalar 26 yoshli futbolchi «PSJ»ga o'tishga qaror qilgani haqida yozishmoqda. Biroq «Barselona» Torres bilan xayrlashish niyatida emas.

«Barselona»ning ushbu masaladagi pozitsiyasi juda aniq: Ferran Torres sotilmaydi», — deyiladi Mundo Deportivo nashri tomonidan chop etilgan maqolada.

«Barselona» Torresni saqlab qolmoqchi va transfer oynasi yopilganidan so'ng u bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda, ammo bunda kataloniyaliklar «Manchester Siti»ga qo'shimcha ravishda 8 million evroga yaqin mablag' to'lashlariga to'g'ri keladi. Xans-Diter Flik Torresga to'liq ishonch bildirmoqda va ayniqsa Robert Levandovski jamoani tark etganidan so'ng uni yo'qotishni istamayapti.

«Barselona» Torresning transferini faqat futbolchining o'zi buni so'ragan taqdirdagina ko'rib chiqishga tayyor. Hujumchi hozircha transfer bo'yicha rasmiy so'rov topshirmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ